Demak, boshladik!

Assalomu alaykum!

Ilk marta shu postga yozarkanman, o'zim haqimda bir oz ma'lumot bermoqchiman. Futbol muxlisi, futbolchi bo'lishni xohlagan, lekin bu nomga erisha olmagan CR7 ishqiboziman. Uning maydondagi barcha harakatlari meni o'ziga jalb qila olgan.
 Diyor Imomxo'jayev, Davron Fayziyev, Xayrulla Hamidov va Mirzahakim To'xtamirzayevlarga havas qilaman. Radio boshlovchi Bobur Akmalovga nisbatan hurmatim baland. Futbol+ dagi har bir chiqishlari qiziqarli o'tadi, ayniqsa Xayrulla Hamidov bilan birgalikda.  2 yildirki jurnalistikaga qiziqaman. Har kuni futbol tomosha qilaman, ijtimoiy tarmoqlarda ham anchagina faolman. 
"Tavakkal qilishni yoqtirmayman, lekin u siz katta yutuqlarga erishib bo'lmasligini ham bilaman. Yaxshi niyat bilan kunni qarshi olaman". 

Comments